21 sen 18:24
Yangiliklar
Dzyudo
Gulnoza Matniyazova Toshkent Gran-Prisi kumush medali sovrindori!
Dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-prisining ayollar o'rtasidagi bahslarida ishtirok etayotgan eng tajribali vakilamiz Gulnoza Matniyazova musobaqaning kumush medaliga ega chiqdi.
-70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Gulnoza hal qiluvchi final bellashuvida greciyalik Elizabet Telcidouga imkoniyatni boy berdi va Gran-pri kumush medalini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, Gulnoza Matniyazova finalga qadar hindistonlik Garima CHoudxari, rossiyalik Alyona Prokopenko va venesuelalik Elvismar Rodrigesni mag'lubiyatga uchrata olgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar