21 sen 15:23
Yangiliklar
Dzyudo
Gulnoza Matniyazova Toshkent Gran-Prisining finalida!
zyudo bo'yicha Toshkent Gran-prisining ayollar o'rtasidagi bahslarida ishtirok etayotgan eng tajribali vakilamiz Gulnoza Matniyazova musobaqaning finaliga yo'l oldi.
-70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Gulnoza yarim final bellashuvida venesuelalik Elvismar Rodrigesni mag'lubiyatga uchrata oldi. Matniyazova avvaliga hindistonlik Garima CHoudxari, keyin esa rossiyalik Alyona Prokopenkodan ustun kelgandi.
Toshkent Gran-prisining tantanali ochilish marosimidan so'ng final bellashuvlari start oladi. Gulnoza Matniyazova oltin medal uchun greciyalik Elizabet Telcidouga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar