21 sen 14:14
Yangiliklar
Dzyudo
Gulnoza Matniyazova Toshkent Gran-Prisining yarim finaliga chiqdi
Dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-prisining ayollar o'rtasidagi bahslarida ishtirok etayotgan eng tajribali vakilamiz Gulnoza Matniyazova musobaqaning yarim finaliga yo'l oldi.
-70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Gulnoza chorak final bellashuvida rossiyalik Alyona Prokopenkoni ippon bahosi bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Matniyazovaning final ostonasidagi raqibasi venesuelalik Elvismar Rodriges bo'ladi. Gulnoza ikkinchi davrada hindistonlik Garima CHoudxaridan ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar