02 dek 10:06
Yangiliklar
Dzyudo
Gulnoza va Diyora Isroilga jo'nab ketdi
O'zbekiston ayollar terma jamoasining ikki etakchi vakilasi - Diyora Keldiyorova va Gulnoza Matniyazova Isroil davlatiga jo'nab ketdi.
Ushbu safardan ko'zlangan maqsad - Isroil terma jamoasi azolari bilan o'tkaziladigan qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etish. Dzyudochilarimiz bilan birga murabbiy Sardor Niyazmetov ham Isroil davlatiga yo'l oldi.
Isroildagi o'quv-mashg'ulot yig'ini 12 kunga mo'ljallangan. Kadetlar o'rtasida jahon, kattalarda Osiyo chempioni Diyora Keldiyorova, o'tgan yilgi Toshkent Gran-prisining kumush medali sohibasi, Osiyo chempionati sovrindori Gulnoza Matniyazova Tokio-2020 Olimpiadasi yo'llanmalari uchun davogarlik qilmoqda.
Qizlarimiz Evropa mamlakatidagi mashg'ulotlar orqali yanvar oyida Qatarda o'tkaziladigan 2021 yilning ilk musobaqasiga tayyorgarlik ko'rishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar