27 jan 13:32
Yangiliklar
Sport kurashlari
G'ulomjon Abdullaev va Sardor Ro'zimov Rossiyadagi xalqaro turnir sovrindori bo'ldi
SHu kunlarda Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida ikki karra Olimpiada chempioni Ivan Yarigin xotirasiga bag'ishlangan erkin va ayollar kurashi bo'yicha xalqaro turnir o'tkazilmoqda.
Musobaqada 24 mamlakatdan tashrif buyurgan kurashchilar, jumladan O'zbekiston terma jamoasi azolari ham ishtirok etmoqda.
Kecha, musobaqaning ikkinchi kuni doirasida ikki nafar vakilimiz — G'ulomjon Abdullaev (-65 kg) hamda Sardor Ro'zimov (-61 kg) bronza medalini qo'lga kiritdi.
Bugungi dasturda Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) va Magomed Ibragimov (-97 kg) kabi Olimpiya o'yinlari sovrindorlari medallar uchun gilamga chiqishadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar