01 sen 14:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Gustafsson yarim og'ir vaznga qaytmaydi
SHveciyalik UFC jangchisi Aleksandr Gustafsson yarim og'ir vazn toifasiga qaytmasligini malum qildi.
"Og'ir vaznda jang o'tkazish men uchun yangi tajriba bo'ldi. Bu vaznda o'zimni daryoda suzib yurgan nahang baliqdek his qilyapman. Yarim og'ir vaznga qaytish rejamda yo'q. Og'ir vazn toifasida og'ir zarbalarni beryapman va o'zimni har qachongidan-da kuchli his qilyapman", — deya Gustafssonning so'zlarini keltirmoqda MMA Hytt.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Gustafsson shu yilning 25 iyul kuni og'ir vaznda debyut jangini o'tkazgandi. Ammo, u sobiq UFC chempioni, braziliyalik 42 yoshli Fabrisiu Verdumga birinchi raundning o'zida imkoniyatni boy bergandi. Verdum jang boshlanganidan 2 daqiqayu 30 soniya o'tgan bir paytda shvedni og'rituvchi usul evaziga taslim etgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar