So’nggi yangiliklar

19:44Ҳусанов "Манчестер Сити"да мавсум футболчиси бўлишга даъвогарлик қилмоқда 0 19:23"Америкалик ватанпарвар сифатида айтаманки - Чимаев ғалаба қозонганди" - Сехудо 0 19:02"Ҳар бир ҳақорат учун жавоб берасан!". Имавов Стриклендга мурожаат қилди 0 18:41Инсайдер Макгрегорнинг кейинги жанги деярли аниқ эканлигини айтди 0 18:20Энцо Мареска "Ман Сити"да Хосеп Гвардиола ўрнини эгаллаши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 17:59Арман Царукян Хамзат Чимаевни мағлуб этгани учун 50 000 доллар тўлайди 0 17:38Белал Муҳаммад: "Чимаев улар туфайли мағлуб бўлди" 0 17:17"Уни фоҳиша дейишимни истайсизми?" Ронда Роузи Карано билан жанг ҳақида фикр билдирди 0 16:56Моуринью "Реал"га иккита талаб қўйди: Мбаппенинг тақдири маълум 0 16:35Чимаев мағлубиятидан кейин UFC`нинг энг яхши жангчилари рейтингида яхшигина пастлади 0 16:25UFC Нурсултон Рўзибоевнинг жангини расман эълон қилди (+ПОСТЕР) 0 16:14Навоийда белбоғли кураш бўйича мамлакат чемпионати ўтказилади 0 15:53Волковда UFC чемпионлиги учун жанг ҳақида кутилмаган тан олиш 0 15:32Флик чемпионлик унвонидан сўнг "Барселона" билан янги шартнома имзолади 0 15:11Эргашев Ғиёсовнинг чемпионлик жанги ҳақида: "У мана шу жангини ютса..." (+ФОТО) 0

02 may 17:41
Yangiliklar

Futbol

Gvardiola Husanov haqida: "Boshlang'ich tarkibdagi joy hech kimga kafolatlanmagan"

Teglar :  Manchester Siti
Fevral oyida Husanov klubning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb tan olingandi, biroq 30 mart kuni "Bornmut"ga qarshi Kubok uchrashuvining tanaffusida almashtirilganidan so'ng u boshqa maydonga tushmasdan kelmoqda.

Gvardiolaning aytishicha, bu almashtirish futbolchiga berilgan sariq kartochka hamda murabbiylar shtabining chap qanot himoyasini mustahkamlash istagidan kelib chiqqan.

"Husanov sariq kartochka olganidan so'ng tavakkal qilishni xohlamadik. O'sha paytda biz chap qanotni kuchaytirishimiz kerak edi. Niko kutilganidan ko'proq daqiqa o'ynadi, Yoshko esa himoya markazida o'ynay boshladi. Bizda jarohatlanganlar bor edi va ixtiyorimizda faqat yosh Vitor bilan Husanov qolgandi", – dedi Gvardiola.

Gvardiola, shuningdek, tarkibdagi o'rin uchun kurash doimiy ekanligi va hech kim bunga oldindan ishonch hosil qila olmasligini takidladi:

"Bu holat shuni ko'rsatadiki, boshlang'ich tarkibdagi o'rningni kafolatlangan deb hisoblash mumkin emas. Ertangi o'yin ham bunga kafolat bo'la olmaydi".

Abduqodir Husanov shu yilning yanvar oyida Franciyaning "Lans" jamoasidan "Manchester Siti"ga o'tgandi. Transfer qiymati taxminan 40 mln evroni tashkil etdi. O'shandan beri 20 yoshli o'zbekistonlik himoyachi Angliya Premer-ligasida 6 ta o'yinda maydon tushdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing