20 may 10:53
Yangiliklar
Futbol
Gvardiola mavsum yakunlari haqida fikr bildirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsumning dastlabki yakunlarini xulosa qildi.
"Yanvar oyidan boshlab biz haqiqatan ham juda yaxshi o'ynadik. Bizda ko'p jarohatlar bo'ldi va ko'plab vaziyatlar bizning nazoratimizdan tashqarida edi. Bu mavsumda biz ko'p narsalarni o'rgandik. G'alaba qozonish uchun nima qilish kerakligini tushundik. Ko'p miqdorda ochko to'plash va ustunlikka ega bo'lish kerak, aks holda nazorat qilib bo'lmaydigan holatlar yuzaga keladi.
Biz ko'p og'ir damlarni boshdan kechirdik, lekin taslim bo'lmadik. SHuning uchun ham hozir shu erdamiz", — dedi Gvardiola klubning rasmiy saytiga.
So'nggi tur oldidan "shaharliklar" 78 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. "Arsenal" 82 ochko bilan 1-o'rinni egallab bo'ldi.

Havola :
Fikrlar