03 apr 15:46
Yangiliklar
Futbol
Gvardiolaning "Manchester Siti"dan ketish vaqti malum
O'n yildan beri "shaharliklar" bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan ispaniyalik mutaxassisning Tumanli Albiondagi ertagi yakuniga etmoqda.
Xabarlarga qaraganda, Gvardiola joriy mavsum oxirida "Manchester Siti" bosh murabbiyi lavozimini tark etishi kutilmoqda. Hozirda uning o'rnini egallash uchun asosiy nomzod — “Lester" va "CHelsi" sobiq bosh murabbiyi Enco Mareska.
Gvardiola 2016 yilning yozidan beri “shaharliklar”ga bosh murabbiylik qilib kelmoqda. Bu vaqt ichida u klub darajasida 19 ta turli sovrinni qo'lga kiritdi.
Gvardiolaning "Siti" klubidagi eng so'nggi sovrini 22 mart kuni qo'lga kiritilgan Angliya Liga Kubogi bo'ldi.

Havola :
Fikrlar