06 may 11:29
Yangiliklar

"Hakamlar Alvares tomonida, sababi jang Las-Vegasda bo'ladi"
"Ahmoq ham, ko'r ham emasmiz va hozir dunyoda nimalar bo'layotganini tushunib turibmiz. Bu sportchilardan tortib, tashqi ishlar vazirligigacha deyarli barcha sohalarga taalluqli. Hamma joyda sankciya. Las-Vegasdagi jangda hakamlar Alvares tomonida bo'lishi aniq. Tarixga nazar tashlasangiz bu joy qandayligini bilib olasiz.
So'nggi 20 yil ichida ko'plab janglarning natijalari bahsli bo'lgan. Sergey Kovalyov va Andre Uord o'rtasidagi jangni eslaylik. Birinchi jang Sergey foydasiga hal bo'lgan. Ammo, yakunda Uord g'alaba qozongandi. Ishonamanki, Dimitriy jangni hakamlar qarorigacha olib bormaydi. U Kaneloni nokautga uchratishi mumkin. SHuning uchun biz barchamiz Dimitriydan nokaut yoki ishonchli g'alabani kutamiz", - dedi Kuzmin.
Fikrlar