18 iyu 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA

"Hammasi endi boshlanmoqda". Maxachev sportdan ketish haqidagi xabarlarni inkor etdi
Islam Maxachev yaqin orada faoliyatini yakunlashi haqidagi xabarlarga raddiya berdi.
Avvalroq uning murabbiyi Xaver Mendes Maxachev uchta jang o'tkazib, sportni tark etishi haqida gapirgandi.
"Ikkita vaznda chempion. Hammasi endi boshlanyapti", — deb yozdi Maxachev ijtimoiy tarmoqda.
Malumot uchun, Maxachev navbatdagi jangini Jek Della Maddalenaga qarshi yarim o'rta vazn toifasida chempionlik uchun o'tkazadi. Bu jang 20 oktyabrda o'tkazilishi mumkin.
Havola :
Manba : x.com/MAKHACHEVMMA
Fikrlar