So’nggi yangiliklar

17:13Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли ўртасидаги реванш санаси маълум қилинди 0 16:46Платини "Олтин тўп"ни Кварацхелияга бермоқчи 0 16:07"Ҳеч ким бу жангга рози бўлмайди" — Хукер Усман Нурмагомедовнинг UFCдаги эҳтимолий дебюти ҳақида гапирди 0 15:30Хргович: "Итаума рақибларим орасида энг яхшиси, аммо..." 0 14:59Янгиланган WTA рейтингида Ўзбекистоннинг биринчи ракеткаси ўзгарди 0 14:33Платини Инфантинони танқид қилди ва уни ФИФАдан истеъфога чиқишга чақирди 0 14:08Тайсон Фьюри: "Агар гап сотиш учун чемпионлик камарлари берилганда, мен мутлақ жаҳон чемпиони бўлардим" 0 13:39Mangu 5 турнири учун яна бир қизиқарли жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 13:10Шон О’Мэлли Умар Нурмагомедовнинг мағлубиятига изоҳ берди 0 12:44Фабрицио Романо Карим Бенземанинг келажаги ҳақида инсайд эълон қилди 0 12:08Жокович 20 йилда илк бор "Катта Дубулға" турнири стартидаёқ мағлуб бўлди 0 11:42Жастин Гэтжи: "Иккала қўлим ҳам Топурия билан бўлган жангдан кейин ҳалиям оғрияпти" 0 11:15Муҳаммад Мокаев ACBJJ Лигаси камари учун жанг қилди 0 10:43Бруну Фернандеш Роналдуга етиб олди 0 10:16Конор қўлқопсиз жангларга (bare-knuckle) ўтишни режалаштиряпти 0

01 jan 08:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Hamyurtimiz 13 soniyada chempion bo'lgan Yangi yilgi Rizin turnirining barcha natijalari bitta sahifada

2025 yilning so'nggi kuni Yaponiyaning Saitama shahrida Rizin promoushenining Yangi yilgi turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning asosiy jangida qirg'izistonlik Rajabali SHaydullaev yarim engil vazn toifasidagi Rizin chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi. U yaponiyalik MMA yulduzi Mikuru Asakuraga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. SHaydullaev uch daqiqadan kamroq vaqt ichida raqibini parterda, zarbalar yomg'iri natijasida mag'lubiyatga uchratdi.

Turnirning co-main event jangida kutilmagan natija qayd etildi. Safdan chiqqan raqib o'rnini zaxira varianti sifatida to'ldirgan hamyurtimiz Ilhom Nazimov braziliyalik chempion Roberto Satoshi de Souzani jangning 13-soniyasidayoq tizza zarbasi bilan chuqur nokautga uchratdi va engil vazn toifasida Rizin chempioniga aylandi. Souza esa o'zining oltinchi chempionlik himoyasida dahshatli nokautni qabul qilib oldi. 

Kechaning muhimligi jihatidan uchinchi jangida yaponiyalik Xiromasa Ogikubo eng engil vazn toifasida vakant bo'lgan chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. U uch raund yakuniga ko'ra hamyurti Yuki Motoyyani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi.

Yangi yil kardining to'rtinchi chempionlik jangi engil vaznda Denni Sabatello va Naoki Inoue o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'lib, unda amerikalik aralash yakkakurash ustasi hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozondi va chempion bo'ldi.


Rizin Yangi yil turnirining barcha natijalari:

Rajabali SHaydullaev Mikura Asakurani texnik nokautga uchratdi (zarba) – 1-raund, 2:54

Ilhom Nazimov Roberto Satoshi de Souza nokautga uchratdi (tizza zarbasi) – 1-raund, 0:13

Xiromasa Ogikubo Yuki Motoyyani hakamlar qaroriga ko'ra engdi

Denni Sabatello Naoki Inoueni hakamlarning ayri (2:1) qarori bilan yutdi

Seyka Izava Rina Kubotani sabmishn (gilotina) evaziga mag'lub etdi – 2-raund, 1:58

Kleber Koyk Erbst Vugar Karamovni hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lubiyatga uchratdi

Raya Fukuda Tacuya Andoni nokautga (zarba) uchratdi – 2-raund, 3:02

Kioma Akimoto Sugara Niini nokaut (tanaga tizza zarbasi) qildi – 1-raund, 3:45

Karshiga Dautbek - Yuta Kubo jangi ko'z qismiga barmoq suqulishi natijasida o'tkazilmagan deb topildi  – 1-raund, 3:15

Makoto Takaxashi Xiroya Kondoni hakamlarning yakdil qarori evaziga engdi

Yoji Goto Xose Torresni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lub etdi

Tacuki SHinocuka Daichi Tomizava nokautga (zarba) uchratdi – 2-raund, 3:22

Tacuya Seyga Noa Beyni nokaut (boshga oyoqda zarba) qildi – 2-raund, 0:32

Ryoma SHishimoto Ryusey Ashizava sabmishn (tirsak) evaziga mag'lubiyatga uchratdi – 1-raund, 0:25

Enco Massami Iamazato Yuri Sudani texnik sabmishn (tirsak) bilan yutdi – 1-raund, 3:15

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing