24 okt 08:44
Yangiliklar
Karate
Hamyurtimiz AQSHdagi Karate Combat turnirida qatnashadi (POSTER)
Toshkent vaqti bilan 1 noyabr tongida AQSHning Mayami shahrida jangovar karate bo'yicha Karate Combat 57 turniri o'tkaziladi.
Ahamiyatlisi, musobaqada o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi SHohruh Xolmurodov ham ishtirok etadi.
Hozircha hamyurtimizga turnir doirasida kim raqib bo'lishi nomalum.
Karate Combat 57 turnirining markaziy bahsi Ilyas Xamzin va Adrian Uetxersbi o'rtasida kechishi belgilangan.
Eslatib o'tamiz, SHohruh Xolmurodov bungacha Karate Combat Ligasida ikkita jang o'tkazib, bittadan g'alaba va mag'lubiyat qayd etgan.

Havola :
Manba : tamglobal
Fikrlar