20 dek 10:26
Yangiliklar
Velosport
Hamyurtimiz SHveycariyadagi musobaqada chempion bo'ldi
Velosportning trek yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakillari SHveycariyada professional velosportchilar o'rtasidagi xalqaro Track Cycling Challenge musobaqasida ishtirok etishayotgandi.
Quvonarlisi turnirda yurtimiz sharafini himoya qilgan Olga Zabelinskaya guruh poygalarida barcha raqiblaridan yaxshi natija ko'rsatdi (48 ochko) va birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlar mos ravishda Lidiya Boylan (46 ochko, Irlandiya) va Elena CHekkini (44 ochko, Italiya) ga nasib qildi.
Eslatib o'tamiz, Zabelinskaya kuzda Franciyada o'tkazilgan «Chrono des Nations» xalqaro musobaqasida ishtirok etib, O'zbekiston terma jamoasiga dastlabki oltin medalini taqdim etgandi.
Malumot uchun, ushbu xalqaro turnir sportchilarga Tokio 2020 Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar