18 okt 14:11
Yangiliklar

Har ikkala terma jamoamiz ham jahon chempionatining finalida!
O'z tarixida 42-marotaba tashkil etilayotgan dunyo birinchiligida ayni daqiqalarda jamoaviy bahslar o'tkazilmoqda. O'n etti davlat terma jamoalari bahslarga kirishgan erkaklar o'rtasidagi musobaqada O'zbekiston dzyudochilari finalga yo'l olishdi.
Dzyudochilarimiz avvaliga Turkmaniston, keyin esa Iordaniya terma jamoasini bir xil 3:0 hisobida taslim etishgandi. Biroz avval murosasiz kechgan 1/2 finalda Italiya terma jamoasi 3:2 hisobida mag'lub etildi. Terma jamoamizga hal qiluvchi beshinchi uchrashuvdagi g'alabani SHohruh Baxtiyorov taqdim etdi.
Ayollar o'rtasidagi bahslarda muvaffaqiyatli qatnashayotgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Qizlarimiz avvaliga Ispaniya terma jamoasini 3:0, murakkab kechgan 1/2 finalda esa Rossiyani 3:1 hisobida engishdi.
Fikrlar