06 iyu 18:47
Yangiliklar
Har ikki kurashchimiz reyting seriyasiga kiruvchi turnirning saralash bosqichidayoq yutqazdi
Erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha o'tkazilayotgan ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok eta boshladi. Bugun musobaqaning ilk kuni erkin kurash bo'yicha bellashuvlar o'tkazilyapti.
Afsuski, har ikki kurashchimiz ham saralash bosqichidayoq raqiblariga imkoniyatni boy berib, o'z ishtiroklarini yakunlab ulgurishdi. Parij-2024 Olimpiadasi licenzianti G'ulomjon Abdullaev (57 kg) ilk davrada eronlik Ali Hosseyn Momenjujadehni taslim etdi. Ammo 1/4 finalda ozarbayjonlik Aliabbas Rzazadega tushe bahosi bilan yutqazib qo'ydi.
65 kg vazndagi bellashuvlar aylana tarzida tashkil etildi. Istedodli kurashchimiz Umidjon Jalolov 1-raundda vengriyalik Ismail Musukaevga imkoniyatni boy berdi. Jarohat sabab hamyurtimiz Haji Aliev (Ozarbayjon) va Kotaro Kiyuka (Yaponiya)ga qarshi gilamga chiqmadi.
Fikrlar