14 apr 12:45
Yangiliklar
Futbol
Harri Keyn top-5 ligalarda rekordni takrorladi
"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn XXI asrda top-5 ligalarda penaltidan urilgan gollar soni bo'yicha rekordni takrorladi.
Bu haqda statistik portal Score 90 o'zining X ijtimoiy tarmog'ida yozgan.
Manbaga ko'ra, bir mavsum ichida eng ko'p penalti urgan rekordchi ilgari "Bolonya"ning italiyalik hujumchisi CHiro Immobile bo'lgan — u 2019/2020 mavsumida 11 metrlik nuqtadan 15 ta penaltini golga aylantirgan. SHunday qilib, so'nggi 6 yil ichida bu ko'rsatkich bo'yicha yakka lider bo'lish uchun ingliz hujumchisiga faqat bitta penaltini golga aylantirish kifoya qiladi.
Bir mavsumda 14 ta penalti urgan hujumchilar orasida Krishtianu Ronaldu (2012/2013 va 2019/2020) hamda Lionel Messi (2011/2012) bor.
Havola :
Manba : Score 90
Fikrlar