So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

04 dek 08:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Hasanboy Do'smatov: "Maqsadlarim orasida eng kattasi - Parij Olimpiadasi!"

Teglar :  Hasanboy Do'stmatov
Xabaringiz bor, Toshkentdagi Humo Arena muz saroyida Lift Promotionning navbatdagi boks kechasi bo'lib o'tdi.

Ushbu oqshomga bir qator taniqli bokschilarimiz ham tashrif buyurishdi. Olimpiya o'yinlari chempioni Hasanboy Do'smatov saytimiz muxbiri bilan suhbatda bir qator savollarga javob berdi. 

- Osiyo chempionatida oldimga qo'yilgan asosiy maqsad Saken Bibosinovdan revansh olish edi. Sababi, jahon chempionatida hakamlarning qarori adolatsiz bo'lgandi. Bunga ishonganlar ham, ishonmaganlar ham bo'ldi. Bu safar esa hakamlarga ham orqamizdan "gapirganlar"ga ham hech qanday imkoniyat qoldirmadim. 

- Havaskor boksda revansh olishingiz kerak bo'lgan boshqa bokschi qolmadimi?

- Amit bor. U bilan hisob-kitobimiz 2:2. To'g'risi, Osiyo chempionatida uni kutgandim. CHempionatga kelganida yaxshi bo'lardi. CHunki hozirgi sport formam kundan-kunga tiklanib boryapti. Umid qilamanki, kelasi yilning may oyida bo'ladigan jahon chempionatiga boradi. U bilan jang qilish niyatim bor. Bu gaplarim unga etib boradi deb o'ylayman. Sababi, uning ham muxlislari ko'p. 

- To'lqin Qilichev sizning Parij Olimpiadasida qatnashishingiz haqida gapirdi...

- Albatta, hozir maqsadlarim orasida eng kattasi aynan - Parij Olimpiadasi. Rio Olimpiadasidan so'ng prof boksga o'tib ketishim ham mumkin edi. Ammo ikkinchi Olimpiadamda ham yutishni o'zimga maqsad qilib qo'yganman. Buning uchun imkoniyat bor. Hozir vaznim ham to'g'ri keladi. Tokio Olimpiadasida ishtirok etmaganimga aynan vaznim to'sqinlik qilgandi. 

- Prof boksdagi faoliyatingizni to'xtatib turasizmi?

- Professional boksdagi faoliyatim ham davom etadi. Bir yilda ikkita jang o'tkazish ehtimolim bor. 11 dekabrda Dubayda jang qilishim mumkin edi. Hozirda menga raqib izlashyapti. Agar raqib topiladigan bo'lsa, jang qilishim mumkin. Ayni paytda esa 7 dekabrda boshlanadigan O'zbekiston chempionatiga tayyorgarlikni davom ettiryapman. 

Yana ikki yil sport formamni ushlab turolishimga ishonaman", - deya suhbatni yakunladi Do'stmatov.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing