03 okt 10:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Hasanboy Do'smatov meksikalik tajribali bokschiga qarshi jang qiladi (POSTER)
Xabar berganimizdek, 25-26 oktyabr kunlari Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida shu nomdagi sport arenasida prof boks oqshomi o'tkaziladi.
Musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Hasanboy Do'smatovning raqibi nomi elon qilindi.
Hamyurtimiz turnir doirasida meksikalik Rene Kalisto bilan bahs olib boradi. Jang o'ta engil vazn toifasida (50,8 kg) tashkil etiladi. Bu Hasanboy uchun mazkur diviziondagi ilk bahs bo'ladi.
Etiborlisi, Hasanboyning Kalisto bilan jangi IBF reytingida 2-o'ringa ko'tarilish uchun eliminator maqomida o'tadi.
32 yoshli Hasanboy prof faoliyati davomida 7 ta jang o'tkazib, barchasida g'olib bo'lgan. Rene Kalisto hisobida esa 23 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va 1 ta durang bor. Hasanboy ayni damda o'ta engil vaznda IBF reytingida 8, Kalisto esa 7-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar