So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

17 dek 18:33
Yangiliklar

Boks/MMA

Hasanboy Do'smatov: "Vaznimda Saken Bibosinovga o'xshagan raqiblarni yuta oladigan bokschi chiqqanida, men ularga yo'l ochib berardim"

Teglar :  Hasanboy Do'stmatov
Olimpiada chempioni poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida o'tgan boks bo'yicha O'zbekiston chempionati yakunlanganidan so'ng saytimizga intervyu berdi.

-51 kg vazn toifasida O'zbekiston chempioniga aylangan Rio Olimpiadasi g'olibi Hasanboy Do'smatov tashkilotchilik, Toshkentda o'tadigan jahon chempionatidagi ishtiroki va prof boksdagi faoliyati haqida gapirdi. 

- O'zbekiston chempionati yuqori saviyada tashkil etildi. Buni albatta, jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqichi deyish mumkin. Tashkilotchilik zo'r bo'lgani uchun o'zimiz ham mazza qilib jang o'tkazdik. Bizning ko'p bokschilarimiz katta musobaqalarda bu kabi darajadagi yuqori tashkilotchilikdagi ringlarda jang o'tkazmagan. Mamlakat birinchiligi mana shunday ruhda o'tayotgani yosh bokschilarimiz uchun foyda bo'lyapti. Sababi ular jahon va Osiyo chempionatida ishtirok etishganida, birinchi janglaridanoq hayajonlanmasdan ringga chiqadi. SHu tomonlama foyda bo'lyapti, deb o'ylayman. 

 - Bu musobaqa orqali jahon chempioatida ishtirok etish uchun munosib ekanligingizni yana bir bor isbotladingiz...

- Juda ko'pchilik uni yoshi o'tdi, boshqa bokschilarni ham ko'raylik deb gapirishadi. Men har doim aytaman, Saken Bibosinovga o'xshagan, nomdor raqiblarni yuta oladigan bokschilar chiqsin, bu nafaqat ukam, balki boshqa bokschi bo'lsa ham, yo'lni bo'shatib bergan bo'lardim. Men bunaqa narsalardan o'tganman, Olimpiada chempioniman, menga yangilik emas. Lekin meni maqsadim ikki karra Olimpiada va jahon chempioi bo'lish. 

- CHempionat davomida sizga qiyinchilik tug'dirgan jang bo'ldimi?

- Yo'q, unaqa jang bo'lmadi. CHunki Osiyo chempionatidagi sport formamni ushlab turibman.  

- Jahon chempionatiga tayyorgarlik qanday olib boriladi? 

- Jahon chempionatiga yangi yildan keyin 3 ta bosqichda tayyorgarlik olib boriladi. Bundan tashqari xalqaro turnirlar ham bor. "Stranja" turniri, shuningdek, o'zimizda ham xalqaro musobaqa o'tkazilishi rejalashtirilyapti. Hali tarkib aniq emas, shuningdek, o'zimni ishtirokim ham. Baribir oldinda yana bitta ko'rik bor. 

- Vazningizda sizga raqobatchi bokschilar deb kimlarni aytgan bo'lardingiz?

- Vaznimda menga raqobatdosh bokschilardan Saken Bibosinov, yaponiyalik bokschi va Olimpiadada 2-o'rinni qo'lga kiritgan filippinlik bokschi bor. U Oiyo chempionatida - 54 kg vaznda Osiyo chempioni bo'ldi. Balki u ham Toshkentga -51 kg vaznda kelishi mumkin. CHunki Olimpiya o'yinlarida vazn toifalari qisqargan va -54 kg vazn yo'q. SHuning uchun, filippinlik bokschi jahon chempionatida meni vaznimda ishtirok etishi mumkin. 

- Prof boksdagi faoliyatingizda yangilik bormi?

- Proffesional boksda ham yangilik bor. Yaqin orada jang o'tkazishim kerak. CHunki prof boksda jang o'tkazmaganimga 6-7 oy bo'ldi. Men jang qilishga tayyorman. Menejerimga yilni oxirigacha bitta jang berishini aytdim. Hozir ular raqib izlashyapti. Agar raqib rozilik bo'lsa, yil oxirigacha bitta jang o'tkazishim mumkin. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing