19 fev 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Hasanboy Do'smatovning ukasi prof boksda debyut qiladi. Uning ilk raqibi va jang sanasi malum + POSTER
Rio-2016 Olimpiadasi g'olibi, jahon chempioni Hasanboy Do'smatovning ukasi Faryozbek Do'smatov professional boksda debyut qiladi.
Faryozbek shu kungacha havaskor boksda O'zbekiston chempionati va boshqa musobaqalar doirasida 8 ta jang o'tkazgan va 5 ta g'alaba, 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. U 2022 yilgi O'zbekiston chempionati kumush medali sohibi hisoblanadi.
Kichik Do'smatov professional boksdagi ilk jangini 2 mart kuni Koreya Respublikasida tashkil etilayotgan FW1 turniri doirasida o'tkazadi. Unga filippinlik 28 yoshli charm qo'lqop ustasi Jover Amistoso (5-2-0) raqiblik qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar