24 avg 19:50
Yangiliklar
Boks/MMA
"Hasanboy ham bo'ladi". Saken Bibosinov Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik haqida gapirdi
Tokio Olimpiadasi sovrindori Saken Bibosinov Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik haqida gapirdi.
"Osiyo o'yinlarida qatnashadigan bokschilar nomi hali aniq emas. Ayni paytda tayyorgarlik ketmoqda. CHunki Parij Olimpiadasi uchun dastlabki licenziyalar aynan Osiyo o'yinlarida beriladi. Birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan bokschilarga licenziya beriiladi. Vaznimda Osiyoning kuchli bokschilari kelishadi. Ular orasida O'zbekistondan Hasanboy Do'smatov, shuningdek Yaponiya va Filippindan bokschilar bor. Barcha licenziya uchun kurashadi. SHuning uchun, bu oson bo'lmasligi aniq", - dedi Bibosinov.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar