So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

11 may 17:41
Yangiliklar

Sport kurashlari

Hasanboy Rahimov va Magomed Ibragimov 1/4 finalda, Ahmedovada ham g'alaba

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Turkiyaning Istanbul shahrida sport kurashlari bo'yicha jahon licenzion turniri bo'lib o'tmoqda.

Bu Parij-2024 Olimpiadasi uchun so'nggi licenzion turnir hisoblanadi. Bahslarga birinchi bo'lib kirishgan yunon-rum kurashchilarimizning har ikkisi (Mahmud Baxshilloev va Jalgasbay Berdimuratov) bu imkoniyatdan foydalana olmagandi. Ayollar va erkin kurashdagi ikki nafardan vakilimiz Olimpiada yo'llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda. 

-97 kg vaznda eng tajribali kurashchimiz, Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali sovrindori, 39 yoshli Magomed Ibragimov kvalilifkaciya raundida franciyalik Adlan Visxanovni mag'lubiyatga uchratgan edi. Hamyurtimiz murosasiz kechgan 1/8 finalda mo'g'ulistonlik Ganhuyag Ganbaatardan 2-1 hisobida ustun keldi. Endi Ibragimov 1/4 finalda germaniyalik Erik Tielega qarshi gilamga chiqadi. 

-125 kg vazndagi polvonimiz Hasanboy Rahimov ham licenzion turnirning chorak finaliga yo'l oldi. U kvalilifkaciya raundida albaniyalik Paris Karepini 3-0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. Rahimov 1/8 finalda yaponiyalik Taiki Yamamotodan 7-1 hisobida ustun keldi. Hasanboyning 1/4 finaldagi raqibi Qirg'iz Respublikasi kurashchisi Ayal Lazarev bo'ladi. 

SHuningdek, bugun Layloxon Sobirova va SHohida Ahmedova ham Olimpiada chiptasi uchun kurashni davom ettirishadi. Ular pley-off bosqichida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi. -53 kg vazndagi Ahmedov pley-offning ikkinchi bosqichida avstriyalik Oleksandra Kogutni 6-1 hisobida engdi. Birozdan so'ng u vengriyalik Sztalvira Orsusga qarshi gilamga chiqadi. 

Kecha yarim finalda ikki ochko farqi bilan yutqazib, to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kirita olmagan -57 kg vazndagi Layloxon Sobirova italiyalik Aurora Russoga qarshi bahs olib boradi. Olimpiada licenziyasini qo'lga kiritish uchun Ahmedovagayam, Sobirovagayam ikkita g'alaba zarur bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing