08 dek 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Havasbek Asadullaev ettinchi finalchi!
Tailandda boks bo'yicha Osiyo chempionatining navbatdagi kungi yarim final janglari o'tkazilmoqda.
Qita chempionatida -71 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Havasbek Asadullaev 1/2 finalda mo'g'ulistonlik Byamba-Erdene Otgonbaatarga qarshi ringga ko'tarildi. Hamyurtimiz bundan avvalgi bosqich, yani 1/4 finalda xitoylik Guofeng Lidan 5:0 hisobida ustun kelgandi.
Asadullaev to'liq uch raund davom etgan 1/2 final bahsida 4:1 hisobida g'alabaga erishdi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasining ettinchi bokschisi ham final ishtirokchisiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar