So’nggi yangiliklar

19:30Бу қизиқ! Ўзбекистон Осиё ўйинлари тарихида медаллар сони бўйича нечанчи ўринда? 0 19:02Анвар Анваров тарихда илк бор ташкил этилган Ultimate Championship турнирида нечанчи бўлди? 0 18:30Аспиналлнинг UFC камаридан воз кечиши ихтиёрий қарорми ёки мажбурий? 0 17:45Осиё ўйинлари: Ўзбекистон 2002 йилдан буён турнир стартида ютқазмаяпти 0 17:17Арман Царукян: "UFC чемпионлик камарини пулга сотиб олиб бўлмайди" 0 16:30Генри Сехудо Топурия учун идеал рақибни айтди 0 15:49Жон Жонс Махачевнинг допинг айбловларига жавоб қайтарди 0 15:05Ўзбекистон МТЖ Сурия билан Тошкентда ўйнайди 0 14:26"Мени чемпионлик жангидан икки-учта жанг ажратиб турибди" - Шара Буллет 0 13:52Шоҳжаҳон Эргашев Данияр Елеусиновни жангга чорлади, Олимпиада чемпиони эса бунга жавоб қайтарди 0 13:22Осиё ўйинларини ғалаба билан бошладик: Филиппин йирик ҳисобда мағлуб этилди 0 13:0046-Бутунжаҳон шахмат олимпиадаси: Ўзбекистон терма жамоаси таркиби расман эълон қилинди 0 12:36L'Équipe "Олтин тўп"-2026 учун бешта асосий фаворитни кўрсатди 0 12:05"Бу менга ваъда қилинган жанг эди". Бектемир Мелиқўзиев чемпионлик жангини сўрамоқда 0 11:34Salesforce FIDE Жаҳон чемпионати 2026: Сана, формат ва мукофот жамғармаси тасдиқланди 0

09 avg 18:10
Yangiliklar

Boks/MMA

"Hazillashmayapman". Striklend Tramp va Gitler o'rtasida o'xshashlikni ko'rsatdi

UFC’ning o'rta vazn toifasidagi (84 kg gacha) amaldagi chempioni, amerikalik 35 yoshli SHon Striklend AQSH Prezidenti Donald Tramp mamuriyatini keskin tanqid qildi.

"Odamlar Trampga shunday deyishadi: "Do'stim, senga baribir [inflyaciya tufayli yoqilg'i va oilaviy xarajatlarimiz haqida], chunki sen multimillionersan". Ammo Florida va Texasda yiliga o'rtacha 50 ming yoki 60 ming dollar ishlaydigan har bir amerikalik haqida o'ylab ko'rish kerak.

iliga 60 ming dollar ishlaydigan odamni olaylik. Endi tasavvur qiling, inflyaciya 4 foizga oshdi, keyin benzin narxi keskin ko'tarildi. Natijada, uning yillik turmush xarajatlariga minglab dollar qo'shiladi. Siz oilalarga bosim o'tkazyapsiz. Axir bular sizga ovoz bergan va atrofingizda birlashgan odamlar-ku, siz esa ularning yuziga ochiqdan-ochiq tupuryapsiz. Nima uchun?

Siz hech Trampning mitingida bo'lganmisiz? Bu aqldan ozish. U erda bo'lganingda, "O, men Gitler qanday paydo bo'lganini endi tushunyapman", deb o'ylaysan. Yo'q, hazillashmayapman. Bu erdagi barchaning sog'lom fikrlashiga shubha bilan qarashga majbur qiladi".

Tramp u erda bayroqni yoqqani uchun odamlarni qamoqqa tashlash haqida gapirayotgandi va men: "Bunday qilmaslik kerak, Konstituciya bor", deb o'yladim. Qolganlar esa shunchaki baqirishardi: "Ha, uni qamanglar!". Agar Tramp: "To'pponchani olinglar va xohlagan ishingizni qilinglar", deganida, ular lanati, buni qilishardi", — deya Striklendning so'zlaridan iqtibos keltiradi Low Kick MMA portali.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing