04 iyu 17:52
Yangiliklar
Futbol

He we go! "Man Siti" yozdagi ilk transferini hal qildi
"Milan" yarim himoyachisi Tijani Reynders faoliyatini Angliyada davom ettiradi.
Bu haqida insayder Fabricio Romano xabar berdi. "Manchester Siti" niderlandiyalik yarim himoyachiga 70 million evro to'laydi va futbolchining o'zi bilan 5 yillik shartnoma tuzadi.
Bu "Milan" tarixidagi eng qimmat sotuvga aylanadi. O'tgan safargi rekord 2023 yil yozida qayd etilgan va o'shanda Sandro Tonali 60 mln evro evaziga "Nyukasl"ga o'tgandi. Futbolchi o'tgan mavsum 54 o'yinda qatnashib, 15 gol va 5 assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar