06 avg 17:17
Yangiliklar
“Hech kim klubdan ustun emas”: “Real” Vinisiusga ultimatum qo'ydi
Jurnalist Xose Feliks Diasning malumotiga ko'ra, “Real” rahbariyati “Arsenal”ning braziliyalik vingerga bo'lgan qiziqishi haqiqiy va aniq ekanligini tasdiqlovchi malumot olgan. SHunga qaramay, Madrid klubi futbolchidan o'z kelajagi borasidagi yakuniy qarorini zudlik bilan malum qilishni talab etdi.
“Real”ning poziciyasi murosasiz. Klub vakillari futbolchiga aniq va oshkora signal yuborishdi: “Hech kim “Real”dan ustun emas”.
Rahbariyat endi noaniqlikka toqat qilish niyatida emas va Vinisiusdan yakuniy javobni kutmoqda. Manbaga ko'ra, bu cho'zilib ketgan hikoyaning echimi tez orada malum bo'lishi kutilmoqda.
Takidlash joizki, oldinroq “qirollik klubi” braziliyalik futbolchini 150 million evroga baholagandi.

Fikrlar