07 may 21:20
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/217636_220.jpg)
"Hech narsani isbotlashim shart emas"
Mashhur UFC jangchisi Donald Serrone promoushnni tark etishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Muvaffaqiyatga erishish uchun hamma narsa qildim. UFC'da qolish uchun nima qilishim kerak bo'lsa barchasini bajardim. Kuchli jangchi ekanligimni hammaga isbotlab bo'lganman. Men rekordlar o'rnatdim va bu erda anchadan beri jang qilaman.
Ko'zgu oldida turib, o'zimga UFC'da o'chmas iz qoldirishim kerakligini aytaman. Endi hech kimni hayron qoldirmoqchi emasman. Bu yoshdan o'tganman. Menga endi farqi yo'q", — dedi Donald Serrone.
Avvalroq, UFC prezidenti Dana Uayt Serrone Jo Lauzon bilan jangda mag'lub bo'lsa promoushendan ketishini aytgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar