27 noy 16:16
Yangiliklar
Hikmatilloh To'raev Abu-Dabi “Katta Dubulg'a” finalida, yana bir dzyudochimiz bronza uchun bahs olib boradi
-73 kg vazn toifasidagi tajribali dzyudochimiz Hikmatilloh To'raev musobaqaning final chiptasini qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz deyarli 10 daqiqa daom etgan final bahsida London-2012 Olimpiadasi oltin, Rio-2016 kumush, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining bronza medallari sohibi gruziyalik Lasha SHavdatuashvilini mag'lubiyatga uchratdi.
Hikmatilloh To'raevning oltin medal uchun kechadigan final uchrashuvidagi raqibi mo'g'ulistonlik Tsogtbaatar Tsend-Ochir bo'ladi. Tsogtbaatar 1/2 finalda rossiyalik Armen Agayandan ustun keldi.
-81 kg vaznli Arslonbek Tojiev esa bronza medali uchun tatamiga chiqadi. U o'tish bahsida polshalik Pavel Drzimalni mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi. Endi u kechki dasturda bronza medali uchun rossiyalik Aslan Lappinagovga qarshi tatamiga chiqadi.
Fikrlar