So’nggi yangiliklar

07:06Чимаев Царукян билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0

05 iyu 10:32
Yangiliklar

Sport kurashlari, Tokio-2020

Hokim Tokio-2020 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilarni taqdirladi

Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida “Yoshlar - bizning kelajagimiz!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda ishtirok etgan Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov yoshlarga o'zining samimiy tilaklarini izhor qildi.

SHuningdek, tadbirda D.Hidoyatov tomonidan Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya o'yinlariga yo'llanmalarni qo'lga kiritgan bir guruh Toshkent viloyati sportchilariga uy, “Spark” rusumli avtomobillar hamda pul mukofotlari topshirildi.

Tantanali bayramda el ardog'idagi sanatkorlar ijrosidagi kuy-qo'shiqlar yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.

Jumladan, tadbirda parasuzish sportidan Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan Islam Aslanovga 2 xonali uy, taekvondo WT bo'yicha terma jamoa azosi Svetlana Osipova hamda yunon-kum kurashchisi Elmurod Tasmuradovlarning har biriga «Spark» avtomobili, paralimpiyachilarimiz SHahnoza Mirzaeva hamda Haitmurod SHerqo'zievlarga 50 million so'mdan pul mukofoti, Saidjabbor Dadaxonovga esa zamonaviy sport velosipedi sovg'a qilindi.

Fursatdan foydalanib, Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan barcha sportchilarimizga omad tilaymiz.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing