26 sen 17:55
Yangiliklar
"Hozir men uchun bu final jangi" - Bivol Beterbievga qarshi jang haqida
"Men doim mutlaq jahon chempionligi uchun jang qilishni istaganman. Doim yarimog'ir vazn toifasining eng zo'rlari bilan jang qilishni xohlaganman. Mana shu maqsadlar meni oldinga intilishimga sabab bo'lgan. Hozir o'rtada barcha kamarlar bo'ladi. Men Turki al ash-SHayhga, o'z jamoamga, promouterlarim Vadim Kornilov, Eddi Xirn, Frenk Smit, Andrey Ryabinskiyga minnatdorchilik bildiraman.
Ularning barchasi bu jang bo'lishini istadi. SHuningdek bu jang nihoyat amalga oshayotgani uchun Artur Beterbievga rahmat aytaman. Men professional boksga o'tganimdayoq oldimga barcha kamarlarni qo'lga kiritish vazifasini qo'ygandim. Men kuchayish uchun ishladim. Endi bu men uchun final jangi", - dedi Bivol.
Eslatib o'tamiz, Bivol va Beterbiev o'rtasidagi jang 12 oktyabr kuni Ar-Riyodda o'tkaziladi.
Fikrlar