16 may 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA
"Hozir vaqti emas". Fergyuson Oliveyraga rad javobini berdi
Amerikalik UFC jangchisi Toni Fergyuson CHarlz Oliveyraning birga mashg'ulot o'tkazish bo'yicha taklifiga rad javobini berdi.
"Men uning taklifini o'ylab ko'rishim kerak, chunki Chute Boxe - juda yaxshi maktab. Ammo, u mening vazn toifamda jang qiladi. Men u muddatidan oldin yuta olmagan kam sonli jangchilardan biriman. Men yomon jang qilmagandim. Butun jang davomida yotgan Dastin Pore kabi yomon emasman. Men faol harakat qildim va sabmishnga urinib ko'rgandim.
Men bu haqida jiddiy o'ylab ko'rishim kerak, chunki hali unga qarshi jang qilishim mumkin. Men nima qilishim kerakligini bilaman, lekin hozir unga "yo'q" yoki "ha" deya olmayman. Lekin shuni bilamanki, hozir uning jamoasiga borib qo'shilish vaqti emas, - dedi Fergyuson.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar