10 apr 13:09
Yangiliklar
Hozircha tarix yangilanmadi. Jahon licenzion turnirini kutamiz
Afsuski, ayollar kurashi bo'yicha o'tkazilayotgan bahslarda tarixda yangilanmay qoldi. 57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan O'smirlar Olimpiadasining kumush medali sovrindori SHohida Ahmedova Tokio Olimpiadasi yo'llanmasi uchun hindistonlik Anshu Anshuga qarshi kechgan bellashuvda 2:12 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi Ahmedova koreyalik Um Jiyunga qarshi bronza medali uchun gilamga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, shu kungacha O'zbekiston ayollar erkin kurashi terma jamoasi to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etmagan. Endi bor umidimiz may oyida Bolgariyaning Sofiya shahrida o'tkaziladigan jahon licenzion turniridan. Ushbu musobaqa Tokio Olimpiadasiga so'nggi licenzion turnir hisoblanadi.
Fikrlar