So’nggi yangiliklar

15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

15 avg 22:02
Yangiliklar

Dzyudo

Hozirgina dzyudo bo'yicha terma jamoamiz Yaponiyaga yo'l oldi

Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan terma jamoamiz o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish maqsadida Kunchiqar mamlakatga jo'nab ketdi.

Bundan ikki yil avval O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda  Yaponiyaning Maydzuru shahar meriyasi o'rtasida o'zaro hamkorlik bo'yicha memorandum imzolangan edi. 

Bir necha kun avval esa Maydzuru shahri meri Ryoze Tatami boshchiligidagi delegaciya Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurgan va MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov qabulida bo'lgandi.

Dzyudochilarimizning Yaponiya yig'ini aynan ushbu dastur, yani hamkorlik memorandumi asosida tashkil etiladi. Hozirgina terma jamoamiz delegaciyasi Yaponiyaning Maydzuru shahriga jo'nab ketdi. 

Eslatib o'tamiz, yana bir necha kundan so'ng Yaponiya poytaxti Tokio shahrida dzyudo bo'yicha jahon chempionati start oladi. Maydzurudagi bir haftalik yig'in dzyudochilarimiz uchun tayyorgarlikning so'nggi bosqich vazifasini o'tab beradi. 

Jahon chempionatida qatnashuvchi tarkibimiz:

Erkaklar

-60 kg: SHarofiddin Lutfillaev, Diyorbek O'rozboev

-66 kg: SHahram Ahadov, Sardor Nurillaev

-73 kg: Hikmatilloh To'raev

-81 kg: SHarofiddin Boltaboev

-90 kg: Yahyo Imomov

-100 kg: Muhammadkarim Xurramov

+100 kg: Bekmurod Oltiboev

Qizlar

-52 kg: Diyora Keldiyorova

-70 kg: Gulnoza Matniyazova

Murabbiylar - Farhod To'raev, Adham Jamolov, O'ktam Rahmonov.

SHifokor - Javlon Hasanov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing