So’nggi yangiliklar

17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0

12 mar 08:08
Yangiliklar

Tadbirlar, Qishki sport turlari

“Humo Arena” muz saroyining ochilishiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

Poytaxtimizdagi “O'zEOAVMA Media xoll”ida “Humo Arena” muz saroyining ochilishiga bag'ishlangan media-invent bo'lib o'tdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbirda mamlakatimizning barcha etakchi OAV xodimlari, shuningdek o'nlab xorijiy jurnalistlar ham ishtirok etdi. Dastlab spikerlar – Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, O'zbekiston xokkey federaciyasi vice-prezidenti Bahodir G'afurov, “Humo Arena” muz saroyi tantanali ochilish marosimi tashkilotchisi Madina Tursunova, Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O'zbekiston elektron OAV milliy associaciyasi raisi Firdavs Abduxoliqov, shuningdek majmua qurilishi uchun masul bo'lgan kompaniyalar vakillari so'zga chiqib, ishtirokchilarga muz saroyining ahamiyati, uning texnik imkoniyatlari, ommaviy va professional sportni rivojlantirishdagi o'rni hamda “Humo Arena” muz saroyining tantanali ochilishi bilan bog'liq jihatlarga to'xtalib o'tdi.

Jumladan, Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiev mamlakatimizda sportning qishki turlarini rivojlantirish va yanada ommalashtirishga alohida etibor qaratilishi natijasida bu borada yurtimizda ulkan o'zgarishlar ro'y bera boshlaganini alohida takidladi:

- Xalqaro talablar darajasidagi, betakror dizayni, keng imkoniyatlari va ko'p qirraliligi bilan Markaziy Osiyoda yagona, deya etirof etilayotgan mazkur majmuaning ishga tushirilishi O'zbekistonimizda yashayotgan har bir yurtdoshimiz qalbida faxr hissini uyg'otishi shubhasiz. Ishonamizki, “Humo Arena” minglab yoshlarimizni o'z bag'riga chorlab, farzandlarimiz har tomonlama sog'lom bo'lib tarbiyalanishiga, ular orasidan yuzlab mahoratli sportchilar etishib chiqishiga xizmat qiladi, – deya o'z so'zini yakunladi D.Nabiev.

SHundan so'ng mutaxassislar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.

Press-konferenciyada yana bir etiborli voqea ro'y berdi. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston elektron OAV milliy associaciyasi o'rtasida “O'zbekistonda sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish bo'yicha hamkorlik tadbirlarini amalga oshirish to'g'risida”gi Memorandum imzolandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing