So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

15 mar 14:37
Yangiliklar

Tadbirlar

“Humo arena” ochilish marosimidan avval matbuot-anjumani o'tkazildi

Teglar :  Humo Arena
Bugun o'zbek sporti muxlislari orzuqib kutgan kun etib keldi.

Gap shundaki, yana birozdan so'ng poytaxtimizdagi “Afrosiyob” va “Beshyog'och” ko'chalari tutashgan joyda “Humo arena” muz saroyining ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu tarixiy voqelik avvalidan rasmiy matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.

Ushbu anjuman 2 qismdan iborat bo'lib, dastlabki qismida o'zbek sporti mutasaddilari jurnalistlar va yig'ilgan mehmonlarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi. Unda O'zbekiston MOQ nomidan tashkilot Bosh kotibi Jasur Matchanov ishtirok etdi.

“Xokkey bizda avvaldan rivojlangan. Biroq so'nggi yillar xokkey va boshqa bir qator qishki sport turlari biroz etiborimizdan chiqib qolgandek edi. Qishki sport turlaridan xalqaro maydondagi natijalarimiz maqtanarli bo'lmasligiga sabab shug'ullanish uchun etarli sharoit bo'lmagan. Qolaversa, qish o'lkamizda 2 oy davom etadi. “Humo arena” foydalanishga topshirilgach, yilning istalgan vaqtida qishki sport turlari bilan shug'ullanish uchun sharoit bo'ladi”, – deydi Jasur Matchanov.

SHuningdek, anjumanning ikkinchi qismida muz saroyining tantanali ochilish marosimiga taklif qilingan jahon sportning yulduzlari ishtirok etishdi. Ular orasida Aleksandr Yakushev, Vitaliy Proxorov kabi xokkey yulduzlari, mus ustida nafis uchish bo'yicha Olimpiada chempioni Tatyana Navkadek faxriylarni misol tariqasida keltirib o'tishimiz mumkin.

“Humo arena”ning ochilishi, aminmanki, O'zbekistonda xokkey va qishki sport turlari taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadi. Bunday zamonaviy sport inshootida shug'ullanadigan har qanday yoshlar kelajakda etuk sportchi bo'lib etishishiga ishonaman. CHunki u erdagi sharoitlarni har erda ham uchratavermaymiz”, – deydi Aleksandr Yakushev.


“Humo arena”ning tantanali ochilish marosimi bugun 17:00 da boshlanadi. Mazkur tadbirni yoritish uchun 300 dan ziyod mahalliy va xorijiy OAV ishtirok etishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing