06 sen 15:49
Yangiliklar
"Humo" arenada o'tkaziluvchi Toshkent Gran-prisiga ikki hafta qoldi
Bugun ushbu nufuzli musobaqa startiga roppa-rosa ikki hafta qoldi. Toshkent Gran-prisining Tokiodagi Jahon chempionatidan so'ng o'tkazilayotgani sabab unga bo'lgan qiziqish juda ham yuqori. Tokio-2020 Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatli bo'lgan mazkur musobaqani o'tkazish uchun juda katta tayyorgarlik ko'rilmoqda.
2013 yildan beri o'tkazilayotgan Toshkent Gran-prisi o'z tarixida ilk bor ko'p tarmoqli "Humo" arenasida o'tkaziladi. SHu haftada Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) mutasaddilari yana bir bor "Humo" arenada bo'lib, u erdagi sharoitlar, majmuaning texnik holati bilan yaqindan tanishishdi.
Malumot uchun, Toshkent Gran-prisi g'oliblari Tokio-2020 Olimpiadasi uchun qimmatli bo'lgan 700 reyting ochkosini qo'lga kiritishadi.
Fikrlar