So’nggi yangiliklar

02:46Рамазон Темировнинг Каванага қарши жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 02:15Темиров Каванага, Ян Двалишвилига қарши, Волкановски эса Евлоев билан жанг қилди! UFC 333 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:29UFC 333: Рамазон Темиров иштирокидаги жанг биринчи раундда якунланди 0 17:15UFC 333: Рамазон Темировнинг Лоне Каванага қарши жанги Тошкент вақти билан соат нечада бошланади? 0 15:23U-15 Жаҳон Кубоги ва фестивали. Ўзбекистон Ганага мағлуб бўлди 0 13:54Дакар-2026: Ўзбекистон сузиш баҳсларида икки спортчи билан қатнашади 0 12:47Бугун UFC 333 турнири ўтказилади: Темиров – Кавана, Ян – Двалишвили ва бошқа жанглар 0 10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0

24 apr 09:59
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" klubiga Rossiya kompaniyasi homiylik qilishi mumkin

Teglar :  Humo
Toshkentning "Humo" xokkey klubi homiy sifatida Rossiya kompaniyalarini jalb qilish imkoniyatini istisno etmayapti.

Bu haqda O'zbekiston xokkey federaciyasi vice-prezidenti Bahodir G'ofurov TASS agentligiga malum qildi.

"Ayni paytda biz asosiy homiy yoki bir nechta shunga o'xshash homiylarni izlash jarayonidamiz. Bu Rossiya kompaniyasi bo'lishi ham mumkin. Albatta, agar bunday kompaniya yoki uning egalari sankciyalar ro'yxatida bo'lmasa. Mamlakatimizda ham qaysi kompaniya bunday hamkor bo'lishi mumkinligini ko'rib chiqyapmiz", deydi funkcioner.

"Humo" jamoasi joriy mavsumda mamlakat birinchiligida ishtirok etmoqda. O'tgan yili esa "qanotlilar" Qozog'iston chempionatida qatnashib, yarim finalgacha etib borgandi. G'ofurovning so'zlariga ko'ra, mamlakat terma jamoasining bazaviy klubi hisoblanmish "Humo"ning Pro Hokei Ligasy (Qozog'iston chempionati)ga qaytishi ehtimoli ham mavjud.

"Bunday vaziyatda homiy Qozog'iston yoki O'zbekiston kompaniyasi bo'lishi mumkin, ular uchun Qozog'iston va O'zbekiston bozorlari qiziq. Bundan kelib chiqadiki, yana so'nggi paytda barchasiga ulgurishimizga to'g'ri keladi. Biz buni ikki marta boshdan kechirganmiz: 2019 yil yozida VXLga kirganimizda va keyin Qozog'iston chempionatida ishtirok etishni boshlaganimizda. Bu yil esa tayyorgarlik jarayonini kamida may oyidan boshlashni, moliyalashtirish masalasini aniqlab olishni, jamoani shakllantirishni va mavsumga tayyorgarlik ko'rishni istaymiz", deya klub atrofidagi vaziyatga izoh bergan Bahodir G'ofurov.

Federaciya vice-prezidentining qo'shimcha qilishicha, "Humo"ning VXLga qaytishi ehtimoliy xarajatlar oshishi sababli ko'rib chiqilmayapti.

"Bu erda masala byudjetda. Albatta, buning barchasi qimmatga tushadi. Sof moliyaviy nuqtai nazardan biz uchun eng maqbul variant — Qozog'iston. U erdagi liga bizga terma jamoani shakllantirish va o'yin amaliyoti masalalarini hal qilish imkonini beradi", deydi G'ofurov.

2019/20 yilgi mavsumda "Humo" VXLda ishtirok etgan va pandemiya sabab chempionat to'xtatilganidan so'ng yakunda 8-o'rinni egallagandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing