10 mar 14:27
Yangiliklar
Xokkey

"Humo" xokkeychilari 3 oydan buyon maosh olishmayapti - manba
Sport jurnalisti SHerzod Nurmatov o'zining Telegram kanalida Toshkentning "Humo" xokkey klubida moliyaviy muammolar borligini yozdi.
"Toshkentning "Humo" jamoasida ish tashlash ro'y bergan va o'yinchilar mashg'ulotlarga kelmagan. Agar rahbariyat qarzidan qutulmasa, jamoa safardagi pley-off bahslariga borishdan bosh tortmoqchi.
"Humo" Qozog'iston muntazam chempionati yakunlariga ko'ra, 40 uchrashuvda 58 ochko jamg'arib, 3-o'rinni egalladi. Toshkent klubi pley-offning birinchi bosqichida 5 o'yinlik seriya yakunlariga ko'ra "Gornyak"dan ustun kelgandi", deb yozgan Nurmatov.
Havola :
Manba : t.me/uz_eksport
Fikrlar