10 mar 12:58
Yangiliklar

Yosh dzyudochilarimiz "Alibayli Cup" turnirida ikkita oltin medalga ega chiqishdi + FOTO
Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan "Alibayli Cup" turnirida mezbonlardan tashqari Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston, Turkiya, Gruziya singari o'nga yaqin davlatdan yosh dzyudochilar ishtirok etyapti.
Ozarbayjon Yoshlar va sport vazirligi va mamlakat dzyudo federaciyasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan xalqaro turnirda O'lmas Gulliev murabbiyligidagi "Diplomat" dzyudo klubi tarbiyalanuvchilari ham medallar uchun bahs olib bormoqda. Ulardan Samiyusuf Abbosov (-30 kg) va SHohjahon Usmonov (-50 kg) o'z yosh guruhlarida oltin medalni qo'lga kiritishdi.
Bugun 2013-2015 yillarda tavallud topgan kichik o'smirlar medallar uchun bahslarga kirishishadi. Dzyudochilarimizdan Jasur Aliev, Muhammadamin Bakiev (ikkisi ham -24 kg), Muhammadyusuf Beshimov, Yahyo Bekmurzaev (ikkisi ham -27 kg), Ibrohim Bahodirov, Oyatullo Muhammadjonov, Farhod Erkinov (hammasi ham -34 kg), SHoxdiyor Umarov (-46 kg), Qalandar O'rolov, Samir Saodatov (ikkisi ham +46 kg) tatamiga chiqishadi.
Fikrlar