10 mar 14:53
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Nursulton Ro'ziboev Magomed Ankalaevning Aleks Pereyrani mag'lub etganiga munosabat bildirdi
O'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev promoushenning yarim og'ir vaznida chempionga aylangan rossiyalik Magomed Ankalaevga baho berdi.
			"Jang zo'r bo'ldi. Ankalaev himoyalanish bo'yicha zo'r tayyorgarlik ko'ribdi. Ankalaev kurashchi bo'lib turib, tik turgan holda Pereyraga nisbatan yaxshiroq urishdi. Agar g'irrom bo'lganida, UFC umuman Ankalaevga bermasdi g'alabani. Sababi, UFC'ning yoqimtoyi Pereyra bo'ladi. SHunday ekan, menimcha, haqqoniy bo'ldi", dedi Ro'ziboev.
Kecha AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilgan UFC 313 turniri doirasida tashkil etilgan Pereyra — Ankalaev jangida rossiyalik sportchi ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'lib, Aleksning kamarini qo'lga kiritgan edi.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar