So’nggi yangiliklar

14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0

10 mar 11:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Rasman. Bahodir Jalolov navbatdagi jangi sanasi va manzilini tasdiqladi (POSTER)

Teglar :  Bahodir Jalolov
Professional boksning super og'ir vaznidagi o'zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov keyingi jangi bo'yicha malumotlar bilan o'rtoqlashdi.

Hamyurtimiz avval kutilganidek, 5 aprel kuni Qozog'istonning Astana shahrida Top Rank tashkil etadigan boks oqshomida ringga ko'tariladi.

Boks oqshomida Jalolovga kim raqiblik qilishi haqida aniq malumotlar mavjud emas. Ammo ko'pchilik o'sha kuni Bahodirning qozog'istonlik Ivan Dichko bilan jang qilishini taxmin qilmoqda.

Eslatib o'tish joiz, Jalolov 7 fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida o'tkazilgan prof boks oqshomi doirasida franciyalik Devid Spilmont bilan jang qilishi kerak edi. Ammo tashkilotchilar Bahodirning yuzidagi husnbuzar tufayli jangni bekor qilishgandi. SHundan keyin Jalolov ham, Spilmont ham tez orada boshqa manzilda jang o'tkazishga tayyor ekanliklarini bildirishgandi. 

5 aprel kuni "Barys Arena"da o'tkaziladigan turnirning markaziy jangida o'rta vazn toifasida IBF va WBO yo'nalishlari chempioni qozog'istonlik Janibek Alimxanuli (16-0, 11 KO) kelib chiqishi kongolik, hozirda Franciya sharafini himoya qilayotgan Anauel Ngamissenge (14-0, 9KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.

SHuningdek, Astanadagi turnirda qozog'istonlik aka-uka Mahmud va Torexan Sabirxonlar professional boksdagi debyut janglarini o'tkazishadi. Hamyurtlarimizdan esa Bahodir Jalolovdan tashqari yarim engil vazn toifasida WBA kamari uchun sobiq davogar Otabek Xolmatov ishtirok etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing