10 sen 23:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Humorabonu Mamajonova JCHdagi ishtirokini yakunladi
Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
CHempionatning ayollar o'rtasidagi bahslarida -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Humorabonu Mamajonova chorak finalda hindistonlik Jasminga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda Humorabonu afsuski 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va chempionatdagi ishtirokini yakunladi.
U chorak finalga qadar Yangi Zelandiya va CHernogoriya vakilalarini mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar