07 sen 23:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Xumorabonu Mamajonova Jahon chempionati chorak finaliga yo'l oldi
O'zbekiston boks terma jamoasi Liverpuldagi Jahon chempionatida muvaffaqiyatli yurishini davom ettiryapti.
Biroz oldin yana bir charm qo'lqop ustamiz Xumorabonu Mamajonova dunyo birinchiligidagi ikkinchi jangini o'tkazdi.
57 kg vazn toifasidagi bokschimiz CHernogoriya vakili Boyana Goykovichga qarshi kechgan bahsda hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida zafar quchdi.
Endi u 10 sentyabr kuni chorak final bosqichi doirasida ringga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar