26 mar 08:56
Yangiliklar
Husanxon Baratov raqibini nokaut qilgan turnirning markaziy jangi ham muddatidan avval yakunlandi
Ural FC 2 oqshomining markaziy jangida rossiyalik taniqli og'ir vazn toifasi vakili Vyacheslav Dacik ligada muvaffaqiyatli debyut qildi. U kikboksing bo'yicha o'tgan jangda "Mondragon" laqabi bilan tanilgan braziliyalik Jeronimo Dos Santosni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi.
Dacik birinchi raundning 13 va 40-soniyalarida raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. "Mondragon" referiga yiqila turib qo'lini jarohatlab olganini malum qildi va natijada jang to'xtatildi.
"Sariq Tarzan" g'alabasi elon qilinganidan keyin o'zining navbatdagi raqibi sifatida vatandoshi Ivan SHtirkov yoki franciyalik Jerom Le Bannerni ko'rishini aytdi. Dacik 2019 yilda Bannerga nokaut bilan mag'lub bo'lgan edi.
Eslatib o'tamiz, Ural FC 2 turniri doirasida hamyurtimiz Husanxon Baratov dog'istonlik SHamil Abbasovni ikkinchi raundda nokautga uchratib, ushbu liga kamarini qo'lga kiritgan edi.
Fikrlar