08 dek 18:21
Yangiliklar
IBA Jahon chempionati. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev arman bokschisiga qarshi ringga chiqdi
CHarm qo'lqop ustalarimizning bugungi ishtirokini Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev boshlab berdi. -67 kg vazndagi bokschimiz 1/8 finalda IBA PRO sharafini himoya qilayotgan armanistonlik Armen Mashakaryanni 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Hakamlarning uch nafari bir xilda - 30:27 hisobidagi g'alabani hamyurtimizga taqdim etdi. Yana bir 29:28 hisobidagi g'alabani Asadxo'jaga berdi. Faqat bir hakam 29:28 hisobida Mashakaryan zafar quchdi deb hisobladi. Ushbu vaznda Qozog'iston sharafini Sanatali Toltaev himoya qilmoqda. Aynan u keyingi bosqichda bokschimizga raqib bo'ladi.
Malumot uchun, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev ilk bosqichda Bagam Orollari vakili Rashield Uilyamsni 5:0 hisobida taslim etgan edi.

Fikrlar