07 dek 23:16
Yangiliklar
Boks/MMA
IBA Jahon chempionati. Debyutant bokschimiz g'alaba bilan boshladi
Boks bo'yicha IBA Jahon chempionatining to'rtinchi kunini g'alaba bilan yakunladik.
Ketma-ket ikki mag'lubiyatdan keyin, nihoyat zafar quchdik. Uchinchi mag'lubiyat juda og'ir kelardi. Surxondaryolik bokschimiz Xo'janazar Nortojiev (-57 kg) jahon chempionatidagi ilk jangida SHri-Lanka vakili Rukmal Prasanna Podi Arachchigeni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 5:0 (30:27, 30:27, 30:25, 30:25, 30:25).
Eslatib o'tamiz, biroz avval terma jamoamiz azolaridan Sayat Ilyasov (-63,5 kg) ikkinchi davrada qirg'izistonlik Omar Livazaga 0:5, SHavkatjon Boltaev (-67 kg) esa ilk jangidayoq Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi, mozambiklik Osorio Muxangga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar