04 dek 08:48
Yangiliklar
Boks/MMA
IBA Jahon chempionatining ilk kuni ikki bokschimiz ringga ko'tariladi
Bugun BAAning Dubay shahrida boks bo'yicha erkaklar o'rtasida IBA Jahon chempionati boshlanadi.
Mukofot jamg'armasi salkam 8,5 million AQSH dollarini tashkil etuvchi Jahon chempionatining ilk kuni doirasidan ikki nafar bokschimizning bahsi o'rin olgan.
Juftliklar bilan tanishing:
-80 kg: Javohir Ummataliev - Dasheil Fanchette (Seyshel orollari) 20:30
-63,5 kg: Sayat Ilyasov - Anas Sleyman (Falastin) 22:00
Janglar Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi. Jahon chempionati “Sport TV” telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.

Havola :
Fikrlar