18 jan 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA
IBF chempioni Dana Uaytga tegishli Zuffa Boxing ligasi bilan shartnoma imzoladi + FOTO
Birinchi og'ir vazn toifasida The Ring va IBF chempioni avstraliyalik 30 yoshli Jey Opetayya UFC prezidenti Dana Uayt boshchiligidagi Zuffa Boxing promousheni bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.
"Endi men Zuffa Boxing bilanman. Oldinda hayajonli onlar hamda katta janglar kutib turibdi", - dedi Opetayya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida elon qilgan videosida.
Malumot uchun, Jey prof boksda 29 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. SHundan 23 tasida muddatidan oldin g'alaba zafar quchgan. Birorta ham mag'lubiyatga uchramagan. Opetayya professional sifatida 2016 yil iyul oyida debyut qilgan. Avstraliyalik bokschi London-2012 Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar