19 okt 09:05
Yangiliklar
Boks/MMA
IBF Golovkinning kamari uchun majburiy davogarni elon qildi
BoxingScene'ning xabar berishicha, o'rta vazn toifasida ikki karra jahon chempioni (72,6 kg gacha) qozog'istonlik Gennadiy Golovkin IBF kamariga davogar braziliyalik Eskvoy Falkaoga qarshi himoya jangini o'tkazadi.
Bu qaror Golovkinning WVA (Regular) kamariga ega kubalik bokschi Erislandi Lara bilan muzokaralari uchun 30 kunlik muddat yaqinlashayotgani munosabati bilan qabul qilindi.
Qayd etilishicha, Golovkin va Falkao vakillari hozircha izoh berishmagan. Sababi bu haqda malumot beruvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilmagan.
Malumot uchun, Golovkin o'rta vazn toifasida WVA va IBF chempionlik kamarlariga ega.
Avvalroq, Gennadiy Golovkinning 2022 yilda qancha ishlab olgani malum qilingan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar